Maxfiylik siyosati
bitta.uz xizmati faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur ma'lumotlarni to'playdi: ism, telefon raqami, Telegram ID, biznes haqidagi javoblar, yuborilgan rasm va logotiplar.
Karta ma'lumotlari
Karta raqami to'g'ridan-to'g'ri ATMOS to'lov tizimiga uzatiladi va bizda saqlanmaydi. Biz faqat ATMOS bergan tokenni va kartaning yashirilgan raqamini (masalan, 8600 **** **** 1234) saqlaymiz.
Saytingizdagi arizalar
Saytingiz tashrif buyuruvchilari qoldirgan arizalar (ism, telefon, xabar) sizning Telegram'ingizga va siz ulagan CRM'ga yuboriladi hamda xizmat sifatini ta'minlash uchun saqlanadi.
Uchinchi tomonlar
Dizayn tayyorlash uchun javoblaringiz sun'iy intellekt xizmatiga (Anthropic) yuboriladi. To'lovlar ATMOS orqali amalga oshiriladi.
Bog'lanish
Ma'lumotlaringizni o'chirish yoki o'zgartirish uchun Telegram bot orqali yozing.